Manchesterda Salmon Obidiy tayyorlagan boshqa bombalar ham bo‘lishi mumkin

Foto: BBC
Manchesterdagi terakt ijrochisi Salmon Obidiy ikkinchi bombani tayyorlagan va bu bomba ayni vaqtda uning sheriklarida bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar yozdi.
Politsiya Obidiyning Manchesterdagi kvartirasida tintuv o‘tkazganida portlovchi qurilmalar tayyorlangan laboratoriyani aniqlagan.
Xavfsizlik xizmatidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, terrorchi bombalarni mustaqil ravishda tayyorlagan.
«Biz shundan xavfsiramoqdamizki, unda ikkinchi va uchinchi bombalarni ham tayyorlash uchun vositalar bo‘lgan. U boshqa bombalar tayyorlagani va sheriklariga yetkazgani ehtimolini istisno eta olmaymiz», — degan u.
Bundan oldinroq Salmon Obidiy Manchesterdagi hujumga kamida bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rgani haqida ma'lum qilingandi.
22 may kuni Manchester Arena kompleksida Ariana Grandening konserti vaqtida terakt sodir bo‘ldi. Portlashni xudkush Salmon Obidiy amalga oshirdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 22 kishi halok bo‘ldi, jumladan 12 bola ham. Kasalxonada qolayotgan 75 kishidan 23 kishining ahvoli og‘ir. Bir necha kishi izsiz yo‘qolgan. Hodisa uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid

23:45 / 07.03.2025
AQShda qo‘lga olingan shaxs «Krokus»dagi teraktga aloqador ekanini tan oldi

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

22:37 / 22.02.2025
«Krokus» teraktidagi ayblanuvchilar yana bir hujum tayyorlagani aytilmoqda

17:31 / 06.02.2025