Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda g‘alladan bo‘shagan 950 mingdan ortiq gektar maydonlarga takroriy ekin ekiladi

Respublika ichki bozorlarni qish-bahor oylarida sifatli va arzon mahsulotlar bilan to‘ldirish, meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, eksport hajmini oshirish maqsadida 2017 yil hosili uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekish yuzasidan “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari davomida ichki bozorlarni qish-bahor oylarida sifatli va arzon mahsulotlar bilan to‘ldirish, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, eksport hajmini oshirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Bu borada, respublikaning issiq iqlim sharoitini hisobga olib g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekinlarni ekib yetishtirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan tuproqlari sharoitida takroriy ekinlarni ekib o‘stirish, har bir gektar yerdan qo‘shimcha mahsulot yetishtirishga imkoniyat yaratadi. Ushbu maqsadda 2017 yilda g‘alladan bo‘shagan 954 343 gektar maydonlarga takroriy ekin ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, maydonlarning asosiy qismiga eksportbop sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.
Shuning bilan bir qatorda, dehqon va fermer xo‘jaliklarini yuqori reproduksiyali urug‘lik navlari bilan ta'minlash uchun hozirda “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekin sifatida ekish uchun eksportbop sabzavot, poliz va dukkakli ekin turlari hamda urug‘larini yetkazib beruvchi, respublikadagi mavjud barcha urug‘chilik korxonalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda.
Shuningdek, dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlarni eksport qilishda “O‘zagroeksport” AJ vositachiligida shartnomalar tuzish imkoniyati mavjud.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi
O‘zbekiston | 09:22
-
Zarema Musayevaga yangi ish bo‘yicha 4 yil qamoq so‘raldi
Jahon | 09:08
-
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmon ayollari birinchi forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 08:47
-
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi
Jahon | 08:25
Mavzuga oid

11:53 / 28.04.2025
Tuproq va ekinlarni «yorituvchi» bakteriyalar yaratildi

09:50 / 25.07.2024
QXV yoz jaziramasida eng ko‘p zararlanadigan ekin turlarini ma’lum qildi

07:41 / 06.03.2024
Qaysi hududda ekin maydonidan olinadigan daromad eng ko‘p oshgani ma’lum bo‘ldi

11:03 / 19.10.2022