Nikkei: Yaponiya AQShdan Aegis Ashore RQM to‘plamlarini xarid qilmoqchi

Foto: Reuters
Yaponiya hukumati AQShdan raketalarga qarshi Aegis Ashore mudofaa tizimlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. U mamlakat harbiy-dengiz kuchlarining 6ta raketali esminetslari jihozlangan Aegis to‘plamlarining quruqlikka o‘rnatiladigan namunalaridir. Rasman bu haqda shu yilning yozida qaror qabul qilinadi, deb yozmoqda Nikkei gazetasi.
Aegis Ashore to‘plamlarini sotib olish uchun 80 mlrd iyen (717,5 mln dollar)ga yaqin mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Mablag‘lar 2018 yilgi davlat byudjyetiga kiritiladi, biroq ularni amalda joylashtirish uchun 5 yildan ko‘p vaqt talab etiladi.
Aegis Ashore – ko‘pfunksiyali jangovar kuzatuv va yo‘llash axborot-boshqaruv tizimi bo‘lib, Yaponiya uchun ishlab chiqilgan namunasida SM-3 raketalarini boshqaradi. Ular raqibning ballistik raketalarini parvozining o‘rta qismida, atmosferadan tashqarida urib tushirishga mo‘ljallangan.
Ayni vaqtda, Yaponiya va AQSh birgalikda ushbu raketaning yangi namunasining loyihasini ishlab chiqmoqda. Ular sezilarli ravishda uzoqroqqa ucha oladi va nishonni aniqroq mo‘ljalga oladi. Nikkei nashriga ko‘ra, Yaponiyaga o‘z hududini mudofaa qilish uchun ikkita Aegis Ashore to‘plami yetarlidir.
Tokio dastavval Amerikaning THAAD RQM tizimlarini xarid qilishni rejalashtirgan edi, biroq keyinchalik, ularning juda ham qimmatligi sababli bu g‘oyani tark etishdi. Ayni vaqtda, Yaponiya ixtiyorida Aegis tizimli kemalardan tashqari quruqlikdagi Patriot PAC-3 RQM qurilmalariga ham ega.
Mavzuga oid

19:25
AQSh va Meksika chegarasida noqonuniy tuxum savdosi keskin oshib ketdi

18:24
AQSh Demokratik partiyasi reytingi yorqin lider yo‘qligi sababli eng past darajaga tushdi

17:40
Fuji tog‘iga chiqish to‘liq pulli bo‘ldi

16:44