Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bentley Bentayga mashinasi qush bilan ov qiluvchilarga moslashtirildi

Foto: Motor.ru
Bentley kompaniyasining dizayn atelesi hisoblanuvchi Mulliner firmasi Bentayga yo‘ltanlamasining yangi qayta ishlangan namunasini taqdim etdi. Yangi mashina Falconry deb nomlanib, qo‘lda terilgan.
Maxsus namunaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, uning yukxonasida tabiiy kigiz mato bilan qoplangan ikkita seksiya bor. Ularda ov uchun barcha jihozlar mavjud.
Sektsiyalarning birida GPS-antenna, asbob-uskunalar, qushni bog‘lab qo‘yish arqoni, 9 smli, yog‘och dastali yig‘iluvchi pichoq bo‘lsa, quti ostidagi teri bilan qoplangan bo‘limga qushlarni kuzatish imkonini beruvchi GPS-blok, durbin, ov uchun maxsus qo‘lda tikilgan qo‘lqoplar hamda qushlar uchun ularning boshiga tashlab qo‘yiladigan qopcha qo‘yilgan.
Ikkinchi qutida 3ta metall termos, stakanlar, ko‘rpa va bir martalik nam sochiqlar bor. Yukxonaning yon devorlaridagi maxsus g‘iloflarda qushlar uchun maxsus turg‘ichlar saqlanadi.
Mashina salonida ham qushlar turg‘ichi dizaynerlar yodidan ko‘tarilmagan. Mashina markaziy qismida qo‘lda 430 dona yog‘och bo‘lagidan 9 kun mobaynida yasalgan mozaika o‘rnatilgan. Panno uchun kashtan, evkalipt, o‘tkirbarg, zarang, zaytun va to‘lqinli chinordan foydalanilgan.
Bentley Bentayga 6 litrli W12 dvigateli bilan jihozlanadi. Uning quvvati 608 ot kuchini tashkil etadi. Yo‘ltanlamas ilk «yuzlik»ka 4,1 soniyada chiqadi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 301 kmni tashkil etadi. Mashina, shuningdek, 421 ot kuchiga ega dizel motorli namunasida ham ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

15:41 / 11.05.2023
“Ikkitasi birda”: Bentley’dan Porsche’gacha - yo‘ltanlamas sportkarlar (fotojamlanma)

13:34 / 17.09.2022
Navoiylik 24 yoshli usta o‘ziga mashina yasab oldi

19:15 / 03.12.2020
Manba: O‘zbekistonda Bentley elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkin

17:34 / 05.06.2020