Jahon | 00:19 / 10.05.2017
29607
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada joriy 9 may G‘alaba kuni nishonlanishi tarixidagi eng sovug‘i bo‘ldi

Foto: Aleksey Ivanov / TRK Zvezda

Moskvada joriy 9 may G‘alaba kuni nishonlanishi tarixidagi, ya'ni 72 yil ichidagi eng sovug‘i bo‘ldi. Bu bayram nishonlanib kelinadigan 1945 yildan beri ushbu kundagi havo harorati hali 6 gradusdan pastlamagandi.

Rossiya Gidrometsentrida ta'kidlanishicha, 1945 yil, G‘alaba kuni birinchi marta nishonlanganda Moskvada havo harorati 7,6 gradus bo‘lgan. 2017 yilgacha eng sovuq harorat bilan o‘tgan G‘alaba kuni 1988 yilda bo‘lgan, o‘shanda havo harorati 6,5 gradus bo‘lgan.

Joriy 9 mayda Moskvada harorat bor-yo‘g‘i plyus 4 gradusgacha ilidi.

Mavzuga oid