Jahon | 17:43 / 09.05.2017
5807
1 daqiqa o‘qiladi

Erondagi shaxtada yuz bergan portlash qurbonlari soni yana oshdi

Foto: Tasnim news

Erondagi ko‘mir shaxtasida yuz bergan portlash tufayli halok bo‘lganlar soni 42 kishiga qadar oshdi. Bu haqda SBS xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, qidiruv-qutqaruv amaliyoti doirasida yana yetti jasad aniqlangan, ular ekspert-kriminalistlarga topshirilgan.

Guliston mahalliy hukumati vakili Rizo Morovatiyning so‘zlariga ko‘ra, ko‘mir shaxtasida bir konchi tirik qolayotgan bo‘lishi mumkin.

3 may kuni Eron shimolidagi ko‘mir shaxtasida portlash ro‘y bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid