Jahon | 00:42 / 03.05.2017
3364
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada o‘qotar qurol olib yurish vaqtinchalik taqiqlab qo‘yildi

Foto:entornointeligente.com

Venesuela hukumati mamlakatda o‘qotar qurol olib yurishga vaqtinchalik taqiqlov kiritdi. Bu haqda Venesuela ichki ishlar, adliya va tinchlik masalalari bo‘yicha vaziri Nestor Reverol ma'lum qildi. 

"Butun mamlakat bo‘ylab o‘qotar qurol olib yurish xavfsizlik, tinchlik va ichki tartibni ta'minlash maqsadida 180 kunga to‘xtatiladi", deb yozdi vazir tvitterda. 

Venesuelada aprel boshidan beri mamlakat prezidenti Nikolas Maduro tarafdorlari va unga qarshi chiqayotganlarning ommaviy namoyishlari vaqtidagi tartibsizliklarda 30 ga yaqin odam halok bo‘lgan, yuzlab odam jarohat olgan.

Mavzuga oid