Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz muxbiri “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori bo‘ldi

Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida “Oltin qalam” XII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Kun.uz’ning Andijon viloyatidagi muxbiri Elmurod Ermatov ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jurnalistimiz internet-jurnalistika yo‘nalishidagi eng yaxshi jurnalistik material uchun g‘olib deb topildi va 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Elmurod Ermatov Andijon davlat universitetini bitirgan. “Oltinko‘l” ijtimoiy-siyosiy gazetasida muharrir o‘rinbosari, Uff.uz saytida muxbir bo‘lib ishlagan. 2014 yilda "Yilning eng yaxshi sport jurnalisti" deb e'tirof etilgan.
Jurnalist diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
G‘oliblar bilan tanishing:
Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot
«Tafakkur» jurnali tahririyati - bosh muharrir Erkin A'zamov
Asosiy nominatsiyalar
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye)
1-o‘rin - Nilufar Jumayeva, “Madaniyat va ma'rifat” telekanali.
2-o‘rin - Zilolaxon Rasulova, “Ruxsor-TV” telekanali.
3-o‘rin - Sevara O‘rinboyeva, EOAVMA loyiha rahbari.
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio)
1-o‘rin – Kumush Pardayeva, “Yoshlar” radiosi.
2-o‘rin – Hojimurod Otaqulov, “Oriat-Dono” radiosi.
3-o‘rin – Udbegan Yorimbetova, “Nukus-FM” radiosi.
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (matbuot)
1-o‘rin – “Qishloq hayoti” gazetasi tahririyati; «O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi tahririyati.
2-o‘rin – «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnali.
3-o‘rin – Dilfuza Qo‘ziyeva, «Fermer» jurnali.
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet)
1-o‘rin - Umid Yoqubov, O‘zA.
2-o‘rin - Rustam Rahimov, “Jahon” AA.
3-o‘rin - Elmurod Ermatov, Kun.uz.
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar
OAVda kitobxonlik madaniyati targ‘ib qilingan eng yaxshi material uchun - Qodirjon Qayumov, “Sharq ziyosi” gazetasi
Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun - Sheymus Kerni, “Euronews” telekanali.
Eng yaxshi fotoreportaj - Bahrom Abdurahimov, “Vatanparvar” gazetasi.
Eng yaxshi matbuot xizmati - Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya hozircha Falastin davlatini tan olish niyatida emas
Jahon | 08:59
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
Mavzuga oid

12:40 / 20.09.2022
Tanqidiy maqola ortidan Kun.uz muxbiriga trollar hujumi uyushtirildi

11:04 / 27.04.2019
Andijonda Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligi nishonlandi

12:17 / 10.07.2016