Toni Bler Suriya va KXDR masalasida Trampning pozitsiyasini ma'qulladi

Foto: Reuters
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler AQSh prezidenti Donald Trampning Suriya va KXDR bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Suriyaga raketa zarbalari yo‘llab to‘g‘ri qilgan.
«Biz shunchaki bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Shimoliy Koreya yadroviy kallaklarga ega ballistik raketaga ega bo‘lmasligi kerak. Biz bunga ruxsat bermasligimiz kerak. Shubha yo‘qki, agar bu ro‘y bersa, dunyo taqdiri xavf ostida qoladi», — degan Bler Daily Mirror uchun bergan intervyusida.
U Britaniyaning amaldagi bosh vaziri Tereza Meyning Tramp bilan do‘stona aloqa olib borayotganini ma'qullagan.
«Men Hillari Klinton tarafdori edim, chunki, Trampni tanimas edim, Mey u bilan yaxshi munosabat o‘rnatishi muhim», — degan siyosatchi.
Bundan oldinroq Bler Britaniyani qutqarish uchun siyosatga qaytmoqchiligi haqida aytgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

11:58 / 22.06.2025
Bu sodir bo‘ldi: AQSh tarixda ilk marta Eronga zarba berdi

10:57 / 22.06.2025
OAV: Tramp ma’muriyati Andrey Yermakdan norozi

10:29 / 22.06.2025
Foto: Eronga berilgan zarbalar Oq uydagi «Situation Room»dan nazorat qilingan

08:33 / 22.06.2025