Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda Sharof Rashidov nomidagi xiyobon barpo etiladi

Prezident Jizzax shahrining bosh rejasi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, davlat rahbariga Sharof Rashidov, Hamid Olimjon va Zulfiya xiyobonlarini barpo etish loyihalari ham namoyish etilgan.
Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 18 noyabrda Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda xalqning fidoyi farzandi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash, u kishi tug‘ilib o‘sgan Jizzax zaminida yodgorlik majmuasi barpo etish taklifini bildirgan edi.
Ushbu tashabbusning ijobati sifatida Jizzax tumani Sharof Rashidov tumani deb nomlandi.
2017 yil 27 mart kuni Prezidentning «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi.
Bugungi kunda bu borada izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jizzax shahrida Sharof Rashidov xiyoboni barpo etilmoqda. Bu yerda Sharof Rashidov haykali o‘rnatilib, atrofida bog‘ yaratiladi. Ushbu xiyobon shu yil noyabr oyida ochiladi.
Hamid Olimjon va Zulfiya xiyobonini barpo etish, mazmun-mohiyatini boyitish, ularning maktablarini tashkil etish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Paynet: O‘zbekistonda fintex sohasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan 5 yangi xizmat
O‘zbekiston | 17:00
-
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Jahon | 16:57
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
-
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:15
Mavzuga oid

11:00 / 22.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025