Senegalda 17 kishi halok bo‘ldi, mamlakatda uch kunlik motam e'lon qilindi

Foto: Greenpeace
Senegal markaziy qismida qayiq to‘ntarilib ketgani tufayli kamida 17 kishi halok bo‘ldi, yana 40 nafari jabrlandi. Bu haqda Assoshieyted Press mahalliy OAVga asosan xabar berdi.
RFM radiostansiyasi ma'lumotiga ko‘ra, hodisa Bettenti qishlog‘i yaqinida ro‘y berdi. Baliq ovlovchi qayiqda o‘sha payt kamida 60 kishi bo‘lgan. Jabrlanganlarga mahalliy tibbiy punktda yordam ko‘rsatildi.
Senegal prezidenti Maki Sall uch kunlik motam e'lon qildi.
Agentlik ma'lumotiga qaraganda, Senegalning markaziy mintaqasi bir necha kichik orollar va qishloqlardan iborat. Aholi esa aksariyat hollarda haddan tashqari ko‘p odam chiqib olgan qayiqlarda harakatlanadi.
Mavzuga oid

16:25 / 06.03.2025
Toshkent viloyatida taqiqlangan ov quroli bilan baliq ovlagan shaxs aniqlandi

14:27 / 25.01.2025
“Akulalar dengiz sanitari” – yirtqich jonzotlar bilan do‘st tutingan va ularni qutqarayotgan ayol haqida hikoya

09:43 / 21.01.2025
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy baliq ovlash natijasida qariyb yarim mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

11:59 / 05.11.2024