Kuvayt delegatsiyasi Toshkentga kelmoqda
Kuvayt Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Sulaymon al-Said boshchiligidagi delegatsiya shu hafta oxirida O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
«27 aprel kuni O‘zbekistonga Kuvayt Davlati Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Sulaymon al-Said boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi», — deyilgan xabarda.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish, shuningdek, qator vazirlik va idoralarda muzokaralar olib borish, Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish o‘rin olgan.
Mavzuga oid

14:19 / 25.02.2025
Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

15:25 / 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi

14:44 / 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Kuvayt valiahdi bilan uchrashdi

08:39 / 18.02.2025