Janubiy Koreya artilleriyaga qarshi yangi radarini namoyish qildi
Janubiy Koreya KXDR artilleriya pozitsiyalarini aniqlash uchun harakatlanuvchi radar qurilmasining takomillashgan namunasini ishlab chiqdi. Bu haqda Koreya qurol-yarog‘lar xaridi bo‘yicha boshqarmasi ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, 2011 yil noyabr oyidan beri 54 milliard Janubiy Koreya voni (50 mln AQSh dollariga yaqin) sarflangan yangi tizim 2018 yilda jangovar safga qabul qilinadi.
"Aprel oyida o‘tkazilgan so‘nggi sinovda tizim qurolli kuchlarning barcha operativ topshiriqlarini bajardi hamda u jangovar harakatlarga mos, degan xulosaga kelindi", — deyiladi boshqarma xabarida. Unga ko‘ra, yangi radar qurilmasi Seulni KXDRning uzoq masofani nishonga oladigan artilleriyasidan himoyalash va ularni yo‘q qilishda markaziy o‘rin tutadi.
Ayni vaqtda, Janubiy Koreyada SAAB kompaniyasi ishlab chiqqan ARTHUR-K radari mavjud. Biroq, yangi mahalliy radiolokatsiya tizimi qamrovi va taktik tavsiflariga ko‘ra, undan 30-40 foizga ustundir.
Seul ikki Koreya davlatini ajratib turuvchi hududdan avtomobilda bir soatlik uzoqlikda joylashgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi
Sport | 11:31
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
Mavzuga oid

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

23:11 / 04.07.2025
«Shaytonarava» ishqi: kasallikmi yoki ijtimoiy muammo?

19:21 / 04.07.2025
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi

18:22 / 02.07.2025