Paragvay prezidenti noroziliklardan keyin ikkinchi muddatga saylanishdan bosh tortdi

FOTO: TELEGRAF.COM.UA
Paragvay prezidenti Orasio Kartes mamlakat kongressi davlat rahbariga ikkinchi muddatga saylanishga ruxsat beruvchi tuzatishni qabul qilishidan qat'iy nazar, 2018 yilda o‘tadigan saylovlarda qatnashmasligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Kartes arxiyepiskop Asunsonga yo‘llagan maktubida Rim papasi Frantsiskning tinchlik va muloqotga chorlovidan ilhomlanganini ta'kidlab o‘tgan.
31 mart kuni yuqoridagi tuzatishga qarshi chiqayotganlar senat uni yashirincha qabul qilgandan keyin Paragvay kongressi binosiga o‘t qo‘yishgandi. Quyi palata muxolifatning g‘azablanishiga sabab bo‘lgan taklif uchun hali ovoz bermagan.
Paragvayning amaldagi konstitutsiyasi qayta saylanishni taqiqlaydi. U 1992 yilda, 1989 yilda mamlakatda diktatura yo‘q qilingandan keyin qabul qilingan.
Mavzuga oid

08:36 / 01.05.2023
Paragvayda hukmron partiya nomzodi prezident etib saylandi

19:11 / 25.12.2020
Sobiq to‘purar darvozabon Chilavert Paragvay prezidentligiga nomzod bo‘ldi

16:52 / 22.01.2020
Paragvay prezidenti denge bezgagiga chalindi

21:08 / 26.04.2019