Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada futbol muxlislari maydonga o‘lik kalamushlarni uloqtirishdi

Daniyaning "Brondbyu" klubi muxlislari mamlakat chempionatining navbatdagi turida "Kopengan"ga qarshi uchrashuvda kurakda turmaydigan ishni amalga oshirishdi. Muxlislar mehmon jamoa futbochilariga qarata o‘lik kalamushlarni uloqtirishgan. Ushbu holat tasvirlangan video internetda paydo bo‘ldi.
Voqea uchrashuv yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda yuz bergan: "Kopengagen" o‘yinchisi Benyamin Verbich burchak to‘pini amalga oshirgani borganda, raqib jamoa muxlislari unga va yaqin atrofdagi jamoadoshlariga o‘lik kalamushlarni otishni boshlashgan. Hammasi bo‘lib maydonga 4 ta kalamush otilgan. Futbolchi dastlab bunday muomaladan bir oz o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, biroq keyin jamoadoshi bilan maydonni "kutilmagan mehmonlardan" tozalashni boshlagan.
Ta'kidlash joizki, uchrashuv "Kopengagen"ning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Uchrashuvdagi yagona to‘pni aynan "jabrdiyda" Verbich amalga oshirgan.
Shu g‘alabadan keyin chempionat peshqadami "Kopengagen" 2-o‘rinda borayotgan "Brondbyu"dan 13 ochko oldinlab ketdi.
Bu ikki jamoa Daniyaning o‘zaro eng murosasiz jamoalari va nomdor klublaridan hisoblanadi. "Kopengagen" chempionatni 11 marotaba, "Brondbyu" esa 10 marotaba yutgan.

Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
#SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15 avgustgacha uzaytirildi
Jamiyat | 11:00
-
Dpa: Arab davlatlari HAMASni G‘azoda hokimiyatdan ketishga chaqirdi
Jahon | 10:59
-
Toshkentda bitta xonadon qarzdorligi sabab butun qavat suvdan uzib qo‘yildi
Jamiyat | 10:44
Mavzuga oid

19:47 / 27.07.2025
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi

11:21 / 09.07.2025
Daniya bosh vaziri: YeI 5 yil ichida qayta qurollanishi kerak

14:23 / 05.07.2025
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi

23:15 / 01.07.2025