«Yuventus» yana g‘alaba qozondi va chempionlik uchun yurishini davom ettirdi

Italiya A Seriyasining 31-turi doirasida «Yuventus» o‘z maydonida «Kevo»ni qabul qildi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Jamoaning asosiy hujumchisi Gonsalo Higuain har ikki bo‘limda bittadan gol urib, g‘alabani ta'minladi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Yuventus» o‘z ochkolari sonini 77taga yetkazib oldi va jamoa eng yaqin ta'qibchisi «Roma»ni 9 ochkolik farq bilan ortda qoldira boshladi.
Endi turinliklar 11 aprel kuni o‘z maydonida «Barselona»ga qarshi Chempionlar ligasining chorak finali doirasidagi uchrashuvni o‘tkazadi. «Kevo» esa 38 ochkosi bilan 11-o‘rinda qoldi.
Yuventus – Kevo 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 23 Higuain, 2:0 – 84 Higuain.
Yuventus – Buffon, Bardzali, Aleks Sandro, Lixtshtayner (Dani Alves, 85), Rugani, Xedira, Markizio, Sturaro (Bonuchchi, 72), Kuadrado (Lemina, 66), Dibala, Higuain.
Kevo – Sekulin, Spolli, Gobbi (Isko, 46), Kachchatore, Tsesar, Birsa, Radovanovich, Xetemay (de Guzman, 75), Kastro, Medjorini (Ingleze, 67), Pellisse.
Ogohlantirishlar: Kachchatore (18), Spolli (55), Bonuchchi (79).
Mavzuga oid

14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari

17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv

21:26 / 17.05.2024
«Yuventus» Allegrini iste’foga chiqardi

23:01 / 28.07.2023