39 yoshli ona o‘z farzandlarini himoya qilib, hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Fujairah Police / Supplied
Birlashgan Arab amirliklarining Fujayra shahrida o‘g‘riga uyiga kirishiga to‘sqinlik qilgan 39 yoshli ayol pichoqlandi, uning ikki nafar farzandi va oqsoch ham jiddiy jarohatlar olishdi. Bu haqida Gulf News'da xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, o‘g‘ri ayolning 11 yoshli qizi, 9 yoshli o‘g‘li va 29 yoshli oqsochiga ham pichoq urgan. Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga jo‘natilgan, ularning ahvoli jiddiy ekanligi qayd etilgan.
Fujayra politsiyasi bosh qo‘mondoni general-mayor Muhammad Ahmad bin Xonim Al-Kaabiyning xabar berishicha, politsiya 23 mart, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:30da bosqinchilikdan xabar topgan.
Politsiya bir guruh xodimlarini hujum uyushtirilgan xonadonga yo‘llagan.
Ma'lum bo‘lishicha, o‘g‘ri 23 yoshli Pokiston fuqarosi bo‘lgan.
Tibbiy jamoa jarohatlangan oila a'zolarini shifoxonaga yetkazdi, biroq xonadon sohibasining shifoxonaga yetmay, yo‘lda joni uzilgan.
Jinoyatchi hujum uyushtirilgandan keyin yarim soat ichida qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

17:23 / 11.03.2025
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39 / 11.03.2025
Iste’fodagi politsiya iti o‘rmonda yo‘qolgan qariyaning hayotini saqlab qoldi

12:38 / 11.03.2025
RBK: Rossiyada politsiya uchun smartfonlarni buzib kirish qiyinlashdi

13:58 / 07.03.2025