Jahon | 22:12 / 22.03.2017
5243
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada poyezd temir yo‘l izidan chiqib ketdi

Shveytsariyada Milandan Bazelga kelayotgan poyezd vagonlari relslardan chiqib ketdi. Buning oqibatida kamida 7 kishi jabr ko‘rgan. Bu haqda Italining Rainews24 telekanali xabar bermoqda.  

Favqulodda vaziyat mahalliy vaqt bilan soat 14.00 da (Tshokent vaqti bilan 18.00da)  poyezd Lyutserndagi stansiyaga kirib kelayotganda yuz bergan. Poyezdning bir vagoni ag‘darilib, elektr uzatish liniyalari va stansiyaning metall konstruksiyalariga shikast yetkazgan. 

Ayni vaqtda vokzal o‘rab olingan, voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib borishmoqda. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

La Repubblica nashri ma'lumotlariga ko‘ra, poyezdda 160 gacha yo‘lovchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid