Toni Bler Yevropada populizmga qarshi kurash markazini tashkil etdi

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler Yevropada populizmga qarshi kurashish maqsadida Global o‘zgarishlar institutini tashkil etdi, deb yozmoqda Guardian nashri.
Gazetaning yozishicha, Bler asos solgan institut faqatgina ilmiy-tadqiqot markazi bo‘libgina qolmay, "siyosatdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun siyosiy maydondir". Uning maqsadi — dunyoning eng yaxshi siyosatchilarini populizmga qarshi strategiyalar va siyosiy yo‘nalishlar bilan ta'minlashdan iborat. Ta'kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda, globallashuvning oqibatlariga madaniy va iqtisodiy qarshilik sifatida populizm kuchayib borayapti.
"Yevropaning turli hududlarida liberal demokratiyaga nisbatan befarqlik shakllanmoqda. Bu juda ham tashvishli holatdir, masalan, Fransiya yoshlarining kamida 1/3 qismi demokratiya — boshqaruvning eng yaxshi shakli ekaniga shubha qilishadi", — degan Bler nashrga.
Sobiq bosh vazirning aytishicha, Global o‘zgarishlar institutini "zarurat borligini" his qilgani uchun tashkil etgan. Shu bilan birga, Bler bu yangi partiyaning debochasi emasligiga aniqlik kiritgan.
Populizm – ayrim siyosatchilarning xalqqa yoqadigan so‘zlarni aytishi, balandparvoz va'dalarni berishi, ammo amalda hech narsani o‘zgartirmasligini anglatadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 13:42
-
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi
Jahon | 13:20
-
«Bu safar Yevropa yordam bera olmaydi» – Yevropa vakillarining Eron bilan muzokaralari samarasiz yakunlandi
Jahon | 13:16
-
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin
O‘zbekiston | 13:09
Mavzuga oid

19:16 / 16.06.2025
Britaniyaning tashqi razvedkasiga tarixda birinchi marta ayol kishi rahbar bo‘ladi

21:38 / 10.06.2025
Britaniya falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlik uchun Isroilning ikki vaziriga qarshi sanksiyalar joriy etdi

00:07 / 10.06.2025
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi

00:21 / 07.06.2025