Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng qimmatbaho uy - osma bog‘lar - 168 avto uchun turargoh... (video-suratlar)
Dunyodagi eng qimmatbaho uy Mumbay (Hindiston) shahrida joylashgan. "Layf" ushbu uy haqidagi ma'lumotlar va uning video hamda suratlari bilan bo‘lishdi.
Inshoot balandligi - 173 metr. Osmono‘par binoni bemalol 60 qavatli qilsa bo‘lardi, biroq me'morlar buning o‘rniga "baland shiftlar"ni afzal ko‘rishdi. Maydoni - 37 ming kvadrat metr.
Inshoot qurilishi 2010 yilda tugallangan. Turli baholarga ko‘ra, u buyurtmachiga 2 milliard dollar atrofidagi summaga tushgan. Umuman olganda, birgina oila uchun bunyod etilgan bu binodan tashqariga chiqmasa ham bo‘ladi. U 8 magnitudagacha bo‘lgan zilzilaga bardoshlidir. Avtomobil turargohi 168 mashinani o‘ziga sig‘dira oladi. Yettinchi qavatda shaxsiy avtoservis joylashgan.
Bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun 50 kishiga mo‘ljallangan teatr muntazir. Shuningdek bu yerda spa-salon, suzish havzalari, osma bog‘lar va jismoniy mashq bilan shug‘ullanish zali mavjud.
Uyga afsonaviy arvoh-orol Antiliya nomi berilgan, uning Atlantika okeanida joylashgani taxmin qilinadi.
Xususiy osmono‘par inshoot ishbilarmon Mukesh Ambani uchun barpo etilgan. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, Forbes bu milliarderni dunyoning eng nufuzli kishilari ro‘yxatining 38-o‘rnida qayd etdi. Uning moliyaviy ahvoli 26,4 milliard dollarga baholanadi. Ambanining Reliance Industries kompaniyasi neft-kimyo, neft va gaz sohalariga ixtisoslashgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayoni boshlandi
Ta’lim | 11:20
-
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 11:19
-
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 10:57
-
Lazer epilyatsiyasi teri saratonga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar javob berdi
Ayollar dunyosi | 10:51
Mavzuga oid

20:54 / 13.02.2025
Hindistonlik milliarder Mukesh Ambani oilasi Osiyoda eng badavlat deb topildi

14:39 / 17.01.2025
O‘zbekiston shaharlaridan biri va Mumbay o‘rtasida birodarlik aloqalari o‘rnatiladi

23:28 / 23.10.2024
Mask Ambaniga qarshi: milliarderlar Hindistonda sun’iy yo‘ldosh interneti uchun kurashadi

17:48 / 13.07.2024