Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar uchun germaniyalik mutaxassislar ishtirokida PoetICH adabiy seminari o‘tkaziladi

Adabiy seminar Germaniyadan Farg‘ona davlat universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga mutaxassis sifatida taklif qilingan I.Landes va S.Krechmerlar tomonidan joriy yilning 4-11 mart kunlari o‘tkaziladi. Germaniyalik yozuvchi va shoir M.Gauze hamda teatr pedagogi P.Shyonxerrlarning ham ishtiroki rejalashtirilmoqda.
Adabiy seminarda FarDU, TMI, TXVU, SMRI, AndDU, SamDChTI, UrDU kabi oliy ta'lim muassasalarining nemis tilini o‘rganuvchi talabalari hamda o‘qituvchilari ishtirok etishadi.
Seminar Germaniya elchixonasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi va uning maqsadi hukumatimiz tomonidan respublikamizda chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish borasida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Mavzuga oid

21:32 / 01.11.2024
Nemis tilidagi eng uzun so‘z 67 harfdan iborat ekani ma’lum bo‘ldi

07:05 / 17.08.2024
O‘zbekistonda ilk bor nemis tili universiteti tashkil etilishi mumkin

15:43 / 27.07.2024
Polosondan Germaniyaga yo‘l: 16 yoshli o‘zbek qizi olimpiada g‘olibi bo‘ldi

07:34 / 23.07.2024