Jahon | 15:58 / 27.02.2017
8326
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Eron Hind okeanida keng ko‘lamli harbiy-dengiz mashqlarni boshladi

Eron yakshanba, 26 fevral kuni Fors ko‘rfazi va Hind okeanida harbiy-dengiz mashqlarni boshladi, deb yozmoqda Daily Mail harbiy-dengiz qo‘mondonligi bayonotiga asosan.

Mashqlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi, O‘mon ko‘rfazi va Hind okeanining shimoliy qismida bo‘lib o‘tadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan oyda o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng, Eron bilan qattiq pozitsiyada bo‘lishga va’da bergan hamda 29 yanvar kuni ballistik raketa sinovidan so‘ng Islom Respublikasini “o‘t bilan o‘ynashayotgani” haqida ogohlantirdi.

Avvalroq Eronda AQSh sanksiyalaridan keyin harbiy mashqlar boshlangani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga oid