Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Lahorga parvozlar qachondan yo‘lga qo‘yilishi ma'lum qilindi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aksiyadorlik kompaniyasi 2017 yilning aprel oyida Toshkentdan Pokistonning Lahor shahriga reysni qayta yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar haftasiga ikki marta, chorshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Reyslar 5 apreldan boshlanadi:
- HY 463 Toshkent-Lahor, chorshanba kunlari, Toshkentdan uchib ketish vaqti soat 10:30, Lahorga qo‘nish vaqti soat 12:50.
- HY 464 Lahor-Toshkent, chorshanba kunlari, Lahordan uchish vaqti soat 23:55, Toshkentga qo‘nish vaqti payshanba kuni soat 02:25.
- HY 461 Toshkent-Lahor, payshanba kunlari, Toshkentdan uchib ketish vaqti soat 22:40, Lahorga qo‘nish vaqti juma kuni soat 01:00.
- HY 462 Lahor-Toshkent, payshanba kunlari, Lahordan uchish vaqti soat 10:15, Toshkentga qo‘nish vaqti soat 12:45.
Barcha manzillarda uchib ketish va kelish vaqti mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan.
Aviachiptalarni "Onlayn bronlash" bo‘limida onlayn bronlash va sotib olish, shuningdek, barcha sotish shoxobchalaridan xarid qilish mumkin. (telefon: 140-02-00).
Bundan tashqari, Hindistonga va Xitoyga yangi yo‘nalishlarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
2020 yilda poytaxt aeroportining «Toshkent-4» yangi yo‘lovchi terminali foydalanishga topshirilishi kerak. Bo‘lg‘usi terminal joylashadigan hududdan 540 ta uyda istiqomat qiluvchi 1400 ga yaqin oila boshqa joyga ko‘chiriladi. Ularning har biriga xonadon yoki yer maydoni beriladi.
Ma'lumot uchun, Toshkent — Lahor yo‘nalishidagi parvozlar 2014 yilda to‘xtatilgan edi. Bu Pokistonni Markaziy Osiyo bilan bog‘lab turuvchi yagona to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys edi. Bu reysning to‘xtatilishiga ikki mamlakat orasidagi viza bilan bog‘liq cheklovlar tufayli yo‘lovchilar soni qisqargani sabab bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

12:56 / 25.02.2025
Lahor va Karachida O‘zbekiston savdo vakillari ofisi tashkil etiladi

17:05 / 30.06.2021
Toshkent - Lahor – Toshkent xalqaro aviaparvozi tiklandi

10:50 / 09.03.2018
Lahorda Pokiston-O‘zbekiston savdo markazi ish boshladi

00:55 / 17.02.2018