Sport | 19:06 / 16.01.2017
7543
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy legionerlar uchun qattiq cheklovlarni joriy qilinganini rasman tasdiqladi

Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) mamlakatda to‘p suradigan legionerlar uchun cheklovni yanada murakkablashtirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatgan.

2017 yildan boshlab Xitoy klublari uchrashuvlarga uch nafardan ortiq legioner futbolchilarni maydonga tushira olmaydi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich to‘rt nafarni tashkil qilardi. Ro‘yxatga esa besh futbolchi kiritilishi mumkin bo‘lgan.

«Bu qaror Xitoyda futbolni rivojlantirish maqsadida amalga oshirildi. Bu xitoylik mahalliy futbolchilarning, mahalliy futbolchilarning saviyasini barqaror ravishda oshishiga ko‘maklashadi», — deyilgan bayonotda.

Shuningdek, klublar tarkibdan 23 yoshgacha bo‘lgan xitoylik futbolchini tushirish ham shart qilib qo‘yilgan.

Xitoy klublari ulkan transferlarni kamaytirishiga olib keladigan qoida joriy qilindi

Mavzuga oid