Xitoy iqtisodiyotning o‘sish sur'atlari bo‘yicha Hindistondan o‘zib ketdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasining "Jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari" (World Economic Outlook) deb nomlangan ma'ruzasiga ko‘ra, Hindiston dunyodagi eng tez o‘suvchi iqtisodiyotga ega davlat maqomini Xitoyga boy berdi.
Jamg‘armada Xitoyning iqtisodiy o‘sishi 6,7 foizni, Hindistonniki esa 6,6 ni tashkil qilgani ma'lum qilindi.
Bundan tashqari, XVJ 2017 va 2018 yillar uchun Hindiston bo‘yicha prognozlarni kamaytirgan.
Iqtisodiy prognozning o‘zgarishiga Hindiston bosh vaziri Narendra Modining korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida muomaladan 500 va 1000 rupiylik banknotalarni chiqarish qarori sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:57
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi

11:50
Germaniya TIV rahbari Xitoyni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

19:37 / 03.07.2025
Armaniston ShHT a’zosi bo‘lishga qaror qildi

11:49 / 03.07.2025