Bishkekda yuz bergan aviahalokat qurbonlari soniga aniqlik kiritildi

Foto: RIA "Novosti"
Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligida Bishkekda yuz bergan aviahalokat qurbonlari soniga aniqlik kiritildi.
Xabarda aytilishicha, yuk samolyotining "Manas" aeroporti yaqinidagi Dacha-Suu qishlog‘iga qulashi oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi shifoxonalarga yetkazilgan.
Avvalroq 37 kishi halok bo‘lgani, ular orasiga samolyot ekipajining 4 nafar a'zosi ham kirishi ma'lum qilingandi.


ACT Airlines aviakompaniyasining Gonkongdan Istanbulga Bishkekda to‘xtash bilan reys amalga oshirayotgan "Boing 747-400" yuk samolyoti 16 yanvar erta tongda Bishkek yaqinida falokatga uchragan. Halokatga yomon ob-havo sharoitlari sabab bo‘lgani aytilgan.


Samolyot g‘arbdan sharqqa tomon qo‘nmoqchi bo‘lgan, biroq buni qila olmagach, ikkinchi urinishga ketmoqchi bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, samolyot qo‘nishni amalga oshirayotganda aeroportdan 1,5-2 km uzoqlikda qulagan. Samolyot ekipaji 5 kishidan iborat bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:09 / 22.01.2025
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi

11:00 / 26.09.2024
Bishkekda davlat xizmatchilariga shaxsiy avtomobilda ishga borish cheklandi

18:02 / 10.08.2024
TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:31 / 23.07.2024