Jahon | 00:02 / 09.01.2017
14124
2 daqiqa o‘qiladi

Obama Putinni yetarlicha baholamagani haqida so‘zlarni rad etdi

Foto: Pete Souza

AQSh prezidenti Barak Obama ABC telekanaliga bergan intervyusida AQSh razvedkasining prezidentlik saylovlariga "Rossiya aralashuvi" haqidagi hisobotiga izoh berdi.  

Obama hisobotni "juda lo‘nda" deb ta'rifladi. "Ruslar saylov jarayoniga aralashmoqchi bo‘lishgan: bu kampaniya doirasida ular kiberhujumlar o‘tkazishgan, shuningdek, ularda saylovlar natijalari nuqtai nazaridan yaqqol afzalliklar bo‘lgan", deb aytdi Obama.

Obama AQSh razvedkasi ham, uning o‘zi ham xulosalarning to‘g‘riligiga ishonchlari komilligini aytdi. "Men buning asosida yotgan manbalar va axborotni ko‘rdim va bu hisobotni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman", deb ta'kidlab o‘tdi Obama. 

Obama jurnalistning u Vladimir Putinni yetarlicha baholamagani haqidagi savoliga rad javobini berdi.

"Yetarlicha baholamaganman, deb o‘ylamayman. Fikrimcha, men yetarlicha baholamagan narsa shuki, yangi axborot asrida dezinformatsiya va kiberhujumlar bizning ochiq jamiyatimizga, ochiq tizimimizga ta'sir qilishi mumkin", deb aytdi Obama.

Obama bunday aralashuv NATOga a'zo davlatlardagi saylovlarda ham yuz berishi mumkinligini aytdi. 

 

Mavzuga oid