Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Hayvonlar shahri" animatsion filmi "Oltin globus"ni qo‘lga kiritdi

To‘liq metrajli "Hayvonlar shahri" multfilmi Hollivud xorijiy matbuot Assotsiatsiyasi tasnifi bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshi animatsion kartinasi deb topildi. Disney tomonidan ishlab chiqilgan multfilm Los Anjyelesda bo‘lib o‘tayotgan 74-"Oltin globus" sovrinini topshirish marosimida ushbu mukofotga munosib ko‘rilgan, deb xabar qilmoqda NBC telekanali.
"To‘liq metrajli film" toifasida, shuningdek, "Moana", "Hayvonlar qo‘shig‘i" va Fransiya-Shveytsariya multiplikatorlari tomonidan suratga olingan hamda yetim bolalar taqdiri haqida hikoya qiluvchi "Ma vie de Courgette" kartinasi ham kurash olib borgan.
"Hayvonlar shahri" multfilmini Bayron Xovard, Rich Mur va Jared Bushdan iborat rejissyorlar tandemi suratga olgan. U 150 million dollar sarflangani holda, 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishning uddasidan chiqa oldi.
1942 yildan "Oltin globus" mukofoti bilan Hollivudda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy jurnalistlar e'tirofiga sazovor bo‘lgan kinofilm va televizion kartinalar taqdirlanib kelinadi. Sovrin 25ta nominatsiyada taqdim etiladi: ulardan 14tasi kino sohasida, 11tasi kinoekranlardagi xizmatlar uchun beriladi. G‘oliblar HFPA a'zolari orasidagi ovoz berish natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
-
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
Jahon | 21:02
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

13:24 / 08.01.2024
«Oppengeymer» filmi «Oltin globus» bosh mukofotini qo‘lga kiritdi

19:45 / 12.01.2023
2023 yilgi «Oltin globus» g‘oliblari e’lon qilindi

10:36 / 11.01.2023
«Argentina, 1985» filmi «Oltin globus»ni qo‘lga kiritdi

13:30 / 06.01.2020