Jahon | 21:28 / 03.01.2017
12204
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada AQSh miltiqlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda

Foto: riflescopeguide.com

Ukrainaning "Ukroboronprom" davlat konserni AQShning Aeroscraft kompaniyasi bilan birgalikda NATO standartlari bo‘yicha o‘qotar qurol, jumladan avtomatik miltiq M16  ishlab chiqarmoqchi.  

Avtomatning ishlab chiqarilishi korxonaning pilot loyihasi hisoblanadi.

O‘tgan yilning 16 dekabrida Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Turchinov Kiyev nafaqat NATO standartlariga erishmoqchi ekanligi, balki rus qurolidan ustunroq qurol yaratmoqchiligini ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, buning uchun mudofaa majmuasining tizimli moliyalashtirilishi zarur.

M16 miltig‘i AQShda qurollanishga 1964 yilda olingan. Uning turli variantlari hozirda ham AQSh piyoda askarlarining o‘qotar quroli bo‘lib kelmoqda. Hammasi bo‘lib bu avtomatdan 8 mlndan ko‘proq ishlab chiqarilgan. AQShdan tashqari, bu miltiq o‘nlab boshqa davlatlarda qo‘llanadi.

 

Mavzuga oid