Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Vikipediya"da 2016 yilda eng ko‘p tahrir qilingan maqolalar aniqlandi

Foto: Getty Images
"Vikipediya" 2016 yilda eng ko‘p tahrir qilingan maqolalar ro‘yxatini taqdim qildi. Bu haqda Digital Trends xabar bermoqda.
Internet-resurs ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda hayotdan ko‘z yumgan mashhur odamlar: qo‘shiqchi Devid Boui, bokschi Muhammad Ali, fazogir Jon Glenn va boshqalar haqidagi maqolalar eng ko‘p tahrir qilingan. Umumiy holda "2016 yilda vafot etganlar" toifasidagi materiallar 18230 marta o‘zgarishlarga uchragan.
Keyingi 4 ta o‘rinni siyosiy voqealar bilan bog‘liq maqolalar egallagan. Misol uchun, Donald Tramp haqidagi maqola 8933 marta tahrir qilingan. Shuningdek, bu ro‘yxatga "AQShdagi prezident saylovlari", "Xillari Klinton prezidentlik kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash" va "Respublikachilar partiyasi "prezidentlik" praymerizlari" maqolalari kirdi.
Bundan keyin reytingda Orlandodagi Pulse klubida sodir etilgan otishma haqidagi maqola kelmoqda (5540 marta tuzatish). 7-o‘rinni Argentinadagi eng uzoq davom etgan raqs musobaqasining oxirgi mavsumiga bag‘ishlangan "Bailando 2015" nomli maqola egallagan (5432 marta tuzatish).
E'tiborlisi, 10-o‘rinni "Janubiy Koreya musiqasi 2016" maqolasi (5074 marta tuzatish), 12-o‘rinni esa rassom Vinsent Van Gog haqidagi maqola (3551 marta tuzatish) egallagan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Xitoy Toshkentda akkumulyatorlarni saqlash tizimini barpo etadi
O‘zbekiston | 14:34
-
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi
O‘zbekiston | 14:25
-
Germaniyada bir yil ichida deportatsiyalar soni sezilarli darajada oshdi
Jahon | 13:58
Mavzuga oid

17:43 / 10.03.2025
Muhammad Ali uchun o‘ch: Taysonning tarixiy jangi haqida

18:37 / 02.07.2024
O‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 300 mingdan oshdi

13:47 / 17.04.2023
O‘zbek tili Vikipediyadagi maqolalar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa, dunyoda 45-o‘ringa ko‘tarildi

14:34 / 01.10.2022