Shavkat Mirziyoyevni Quddus shahriga taklif etishdi

Foto: Google image
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Isroilga tashrif bilan kelishga taklif etdi. Bu haqda u O‘zbekiston Prezidentiga yo‘llagan qutlov maktubida ma'lum qilgan. Maktub matni O‘zA tomonidan taqdim etildi.
“Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan Isroil hukumati nomidan muborakbod etishga ijozat bergaysiz. Sizga mamlakatingizni taraqqiyot va farovonlik yo‘lida yanada rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, - deya ta'kidlab o‘tgan Netanyaxu.
“Isroil va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar bundan buyon ham rivojlanishiga ishonaman. Sizni o‘zingizga qulay vaqtda Isroilga tashrif bilan kelishga taklif etaman. Tashrifingiz davomida Quddus shahrida Sizni qutlash va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari hamda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish menga mamnuniyat bag‘ishlaydi”, - deyiladi maktubda.
Mavzuga oid

13:23
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025