Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yana bir sohada AQShdan o‘zib ketdi

Foto: AP Photo/Andy Wong
Xitoyda kinoteatrlar soni 40,9 mingdan oshib ketdi. Bu haqda Xitoy matbuot, radioeshittirish, kinematografiya va televideniye ishlari bosh boshqarmasida ma'lum qilindi. Xitoyda shu tariqa bu reytingda 40 759 kinoteatr bilan yetakchilik qilayotgan AQShdan 158 taga ko‘proq kinoteatr bor bo‘lib chiqdi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, Xitoyda oxirgi yilda kuniga 26 ta yangi kinozal paydo bo‘lgan, ya'ni bu 2015 yildagidan o‘rtacha 18 foizga ko‘proqni tashkil qilgan. Mahalliy sharhlovchilarning ta'kidlashicha, bu holat Xitoy aholisi moddiy farovonligi uzluksiz oshayotgani hamda Xitoyda iste'molchilik jamiyati shakllanayotgani bilan tushuntirilmoqda.
Filmlarning 3D-versiyalarini ko‘rish uchun mo‘ljallangan kinoteatrlar soni ham oshmoqda, ularga Xitoydagi kinoprokat muassasalarining umumiy sonining 85 foizi to‘g‘ri keladi. Xitoyning zamonaviy tomoshabinida Gollivudning yangi filmlari, ko‘plab Janubiy Koreya filmlari katta qiziqish uyg‘otadi.
Xitoyning matbuot, radioeshittirish, kinematografiya va televideniye ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi vakilining aytishicha, 12-besh yillik boshlangandan beri bozorning bu segmenti katta investitsiyalar jalb qilgan holda juda jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda.
"Ehtimol, bu oxirgi vaqtda sarmoya kiritishning eng istiqbolli yo‘nalishilaridan biri bo‘lsa kerak", deb aytdi amaldor.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda keng omma uchun kino namoyish qilishni birinchi bo‘lib 1896 yilda Shanxayda yashagan fransiyalik tadbirkor yo‘lga qo‘ygan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
-
Qozog‘iston O‘zbekistonda kasbga o‘qitish innovatsion markazini ochadi
O‘zbekiston | 07:40
-
YeI-Xitoy sammiti: Bryussel Pekinni Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 07:31
-
O‘zbekistonga shu yilning yanvar-may oylarida 4,2 mln xorijiy sayyoh keldi
Turizm | 07:30
Mavzuga oid

07:31
YeI-Xitoy sammiti: Bryussel Pekinni Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

07:28
Reuters: Xitoy Rossiyaga dronlar uchun dvigatellar yetkazib berishda davom etmoqda

19:39 / 25.07.2025
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»

14:26 / 25.07.2025