APL. Ibrahimovichning dubli «Yunayted»ga ketma-ket uchinchi g‘alabani keltirdi

Foto: Twitter/ManUtd
Angliya premer-ligasining 16-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda «Vest Bromvich» o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi.
Zlatan Ibrahimovichning 5 va 56-daqiqalarida kiritgan gollari Joze Mourino shogirdlariga mavsumdagi ketma-ket uchinchi g‘alabani taqdim etdi.
G‘alaba «MYu»ning ochkolari sonini 30taga yetkazib olishiga sabab bo‘ldi. Jamoa hamon 6-pog‘onani band etib turibdi. «Vest Bromvich» esa 23 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
Angliya premer-ligasi, 16-tur
Vest Bromvich – Manchester Yunayted 0:2 (0:1)
Gollar: Ibrahimovich (5, 56).
Vest Bromvich: Foster, Makoli, Nom, Douson (Morrison, 74), Olsson, Fletcher, Yakob, Shadli (Leko, 82), Brant, Fillips (Robson-Kanu, 81), Rondon.
Manchester Yunayted: De Xea, Roxo, Jons, Darmian, Valensiya, Errera (Smolling, 90), Kerrik, Pogba, Lingard (Reshford, 77), Runi (Fellayni, 84), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Ibrahimovich (24), Douson (49), Lingard (57), Rondon (65), Roxo (65), Brant (87).
Mavzuga oid

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

12:35 / 17.02.2025
Shomurodov asosiy tarkibga qaytmoqda, «MYu» autsayderga aylanmoqda. Kun o‘yinlari

12:01 / 17.01.2025
«MYu»da kambek, «Real» o‘ziga muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari

11:45 / 27.12.2024