APLda quvnoq futbol davom etadi. Yana «Pelas», yana «Suonsi», yana «Bornmut»

APLning 15tur o‘yinlari gollarga boy bo‘lmoqda. Ortda qolgan 5ta o‘yinda 23ta gol urildi.
Keyingi turlarda himoyadan ko‘ra, hujumga ko‘proq e'tibor qaratayotgan «Kristal Pelas» ishtirokidagi o‘yinda ham bu safar muxlislar zerikib qolishmadi. «Hall Siti»ga qarshi o‘yinda hisob borasida quvlashmachoq kuzatildi va o‘yin 3:3 hisobida yakunlandi. Bu jamoa ikki tur oldin «Suonsi» maydonida 5:4 hisobidagi gollar shousida ishtirok etgandi. O‘tgan turda esa «Sauthempton» 3:0 hisobida taslim etilgan - 3 o‘yinda 10ta gol urildi.
Alan Pardyu jamoasi ayni damda 15 ochko bilan 14-o‘rinda, «Hall Siti» esa 12 ochko bilan 19-o‘rinda joylashgan.
«Byornli» va «Bornmut» o‘yinida 3:2 hisobi qayd etildi. Shon Daych jamoasi bu g‘alabadan keyin 17 ochko bilan 13-o‘ringa ko‘tarildi, Eddi Hau shogirdlari esa 18 ochko bilan o‘n birinchi o‘rinda qolmoqda.
Uelsda «Suonsi» «Sanderlend»ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. «Suonsi» ko‘tarilishda davom etmoqda - 12 ochko, 17-o‘rin. «Sanderlend» esa ligani tark etish uchun asosiy da'vogar - 11 ochko, 20 o‘rin.
«Uotford» Angliya chempionatining 15-turida «Everton»ni qabul qildi. «Vikareydj Roud» stadionida kechga uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 17-daqiqasida Romelu Lukaku «irislar»ni oldinga olib chiqdi, ammo 36-daqiqada «asalarilar» jamoasi hujumchisi Stefano Okaka Chuka hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtasida mezbonlar himoyachisi Sebastyan Pryodl hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi, ko‘p o‘tmasdan Okaka Chuka dublni rasmiylashtirdi. 86-daqiqada Lukaku oradagi farqni qisqartirdi, ammo «Everton» durangga erisha olmadi.
Endilikda «Uotford» 21 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalining yettinchi o‘rniga joylashgan, «Everton» (20) to‘qqizinchi pog‘onada qolmoqda.
Oldinda muxlislarni amaldagi chempion «Lester» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi bahs kutmoqda.
11 dekabr kuni ham tur doirasida 4ta uchrashuv o‘tkaziladi. «Chelsi» – «Vest Bromvich», «MYu» – «Tottenhem», «Liverpul» – «Vest Hem» va «Sauthempton» – «Midlsbro».
Hall – Kristal Pelas 3:3
Gollar: 1:0 – 27, penalti Snodgrass, 1:1 – 52, penalti Benteke, 1:2 – 70 Zaha, 2:2 – 72 Diomande, 3:2 – 78 Livermor, 3:3 – 89 Kempbell.
Hall – Marshall, Douson, Devis, Maguayr, Robertson, Haddlstoun, Livermor, Klukas (Xenriksen, 90), Al-Muxammadi, Snodgrass, Diomande.
Kristal Pelas – Xennessi, Kelli (Kempbell, 80), Dileyni, Uord, Denn, Makartur (Kabay, 71), Ledli, Taunsend (Frayyers, 46), Panchon, Zaha, Benteke.
Ogohlantirishlar: Snodgrass (20), Denn (26), Al-Muhammadi (43), Makartur (45), Panchon (46), Kabay (79).
Byornli – Bornmut 3:2
Gollar: 1:0 – 13 Xendrik, 2:0 – 16 Uord, 2:1 – 45 Afobe, 3:1 – 75 Boyd, 3:2 – 90 Deniels.
Byornli – Xiton, Mi, Uord, Louton, Kin, Defur (Barns, 55), Xendrik, Marni, Arfild, Boyd (Tarkovski, 90), Vouks (Grey, 55).
Bornmut – Boruts, Ake, Kuk, Deniels, Smit, Gosling (King, 72), Arter, Freyzer (Pyu, 81), Frensis, Afobe, Uilson (Uilsher, 59).
Ogohlantirishlar: Arter (34), Arfild (54), Gosling (60), Boyd (68).
Suonsi – Sanderlend 3:0
Gollar: 1:0 – 51, penalti Sigurdsson, 2:0 – 54 Lorente, 3:0 – 80 Lorente.
Suonsi – Fabianski, Mouson, Teylor, Ranxel, Amat, Sigurdsson, Britton, Rautledj, Fulton, Barrou (Montero, 77), Lorente (Makberni, 84).
Sanderlend – Pikford, Jilobodji, Kone, van Anholt, Denayyer, Piyenar (Mankilo, 85), Ndong (Kirxgoff, 57), Larsson (Yanuzay, 55), Jons, Anichebe, Defo.
Ogohlantirishlar: Ndong (18), Denayyer (43), Ranxel (60).
Uotford – Everton 3:2
Gollar: 0:1 – 17 Lukaku, 1:1 – 36 Okaka Chuka, 2:1 – 59 Predl, 3:1 – 64 Okaka Chuka, 3:2 – 86 Lukaku.
Uotford – Gomes, Predl, Xolebas, Suniga (Kabasele, 90), Britos, Gediura (Yanmat, 61), Bexrami, Kapu, Amrabat, Okaka Chuka (Uotson, 81), Dini.
Everton – Stekelenburg, Uilyams, Beyns (Lennon, 83), Koulmen, Funes Mori, Makkarti, Berri, Deulofeu, Guyye (Barkli, 64), Miralyas (Valensiya, 71), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Gediura (7), Deulofeu (14), Beyns (62), Xolebas (74).
Mavzuga oid

13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i

22:07 / 16.08.2024
APLda yangi mavsum boshlanmoqda. Kuchli to‘rtlikda o‘zgarishlar bo‘ladimi?

17:11 / 27.04.2024
APLda chempionlik va YeChL yo‘llanmasi uchun kurash avjiga chiqmoqda. Hafta o‘yinlari anonsi

12:22 / 02.01.2024