Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar shamollash bilan kurashishning oson va arzon usulini topdilar

Foto: Getty Images
AQShlik olimlar guruhi bir qator tadqiqotlar o‘tkazib, uyqu insonning immun tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi va buning natijasida shamollab qolish xavfi kamayishi haqidagi xulosaga keldilar.
Mutaxassislar 170 ga yaqin odam ishtirok etgan tajriba o‘tkazishdi. Ishtirokchilar 2 guruhga bo‘linib, ular uyqu uchun turli vaqt ajratdilar. 1-guruhdagi odamlar 5-6 soat, 2-guruhdagilar esa 6-7 soat uxlashgan. Bundan tashqari, 2-guruhdagilar kunduzi ham dam olishgan. Tadqiqot 7 kun davom etgan.
Tajriba yakunlangach, barcha ishtirokchilar immunitetga sinovdan o‘tishgan. Natijada ko‘proq vaqt uxlagan ishtirokchilar chidamliroq immun tizimiga ega bo‘lganlar.
Mutaxassislar shu tariqa uyqu immun tizimiga ijobiy ta'sir qilishi va shu sababli kasalliklar, birinchi navbatda shamollash ehtimolini kamaytirishi haqidagi taxminni tasdiqlashdi. Immunitetni umumiy oshirish uchun 8-10 soat uyqu yetadi.
Biroq olimlar keyingi tadqiqotlar davomida uyquning bir o‘zigina to‘liq tuzalish uchun yetarli emasligi haqidagi xulosaga kelishdi. Uyqu ko‘p suyuqlik ichish, vitaminlar, zarur bo‘lganda dorilar qabul qilish bilan birga "ishlashi" kerak. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, muntazam ravishda xonalarni shamollatib turish kerak.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

19:11 / 18.07.2021
Emlanganlarda qancha vaqtda koronavirusga qarshi turg‘un immun tizimi shakllanishi bo‘yicha izoh berildi

16:18 / 29.09.2020
Covid-19’ga qayta chalinish mumkinmi? – Mutaxassis aholi orasida tarqalgan xabarlar bo‘yicha izoh berdi

12:45 / 30.03.2020
Karantin davri uchun alohida ovqatlanish ratsioni yo‘q - Otabekov

19:05 / 27.03.2020