Isroildagi cherkov azon aytilishiga qo‘yilgan taqiqqa o‘ziga xos tarzda javob qaytardi

Isroilning azonlarga nisbatan qilgan cheklovi ortidan cherkovlar o‘z noroziliklarini bildirishmoqda. Bu haqida Morocco World News nashri ma'lumotiga asoslanib, Yangidunyo.uz xabar bermoqda.
Kuni kecha taqiqlarga javoban bir qancha fuqarolar o‘z uylarining tomlaridan bir vaqtda azon chaqirib norozilik bildirishgan edi. Bu holat tasvirga tushirilgan video esa internet tarmoqlarida keng omma orasida keskin bahs-munozaraga sabab bo‘lgan edi.
Musulmonlarga o‘z daldasini namoyish etish maqsadida Nasaro (Nazaret) shahridagi bir cherkov baland ovozda shahar uzra azon sadolarini yangratdi. Bu harakat musulmonlar tomonidan juda iliq kutib olindi. Bu ham musulmon va xristianlar o‘rtasidagi uzoq yillik do‘stlik aloqalarining bir nishonasi bo‘lib xizmat qildi.
Aslida, azonga taqiq qo‘yilishiga asosiy sabab Quddusi sharif hokimi uyi oldida yahudiylar tomonidan uyushtirilgan azonga qarshi norozilik namoyishi bo‘lgan, deyiladi ayrim ma'lumotlarda.
Mavzuga oid

23:14
Arab davlatlari TIV rahbarlari G‘azoni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda - OAV

13:23
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025