Eronda ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketgan, qurbonlar bor

Foto: presstv.com
Eron shimolida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Press TV kanali.
Mahalliy hokimiyat vakillarining baxtsiz hodisa Imomshahr shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Xaf-Xan stansiyasida ro‘y bergan.
Eron Qizil yarimoy jamiyati yordam va qutqaruv tashkiloti vakili Mustafo Murtazoviyning so‘zlariga ko‘ra, fojiada 5 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 11 kishi yaralangan.
Ta'kidlanishicha, poyezdlar to‘qnashganidan so‘ng, yong‘in yuz bergan. Hodisa joyiga tez yordam mashinalari va 7ta qutqaruv xizmati brigadasi yo‘l olgan.
«Qor va yo‘llarning muzlagani tufayli voqea joyiga borish qiyinlashmoqda. Shu bois, u yerga qutqaruv vertolyoti ham yuborilgan», — deya qo‘shimcha qilgan Murtozaviy.
Mavzuga oid

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025