Jahon | 19:25 / 18.11.2016
7880
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp yangi bosh prokuror va MRB rahbarini tanladi

Foto: © AP

Kongressmen Mayk Pompeo AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning Markaziy razvedka boshqarmasi direktori bo‘lish taklifini qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Biroq Milliy qo‘mita vakili Shon Spayser buni tasdiqlamadi.

"Hozircha Tramp bu haqda rasman e'lon qilmadi", deb aytdi Spayser.

Avvalroq The Wall Street Journal nashri Tramp jamoasidan Michigandan vakillar palatasi a'zosi, MRB lavozimi direktoriga nomzod deb hisoblangan Mayk Rojyers  istisno qilinganini ma'lum qilgandi.

Tramp, shuningdek, AQShning yangi bosh prokurori lavozimini Alabama shtatidan respublikachi senator Jyeff Sessionsga taklif qildi.

Ta'kidlanishicha, Session o‘zining muhojirlar bo‘yicha qat'iy pozitsiyasi bilan ma'lum.

 

Mavzuga oid