Sport | 11:54 / 17.11.2016
12553
2 daqiqa o‘qiladi

Floyd Meyvezer Makgregorni chumoli deb atadi

Foto: TASS

Faoliyatini yakunlagan amerikalik afsonaviy bokschi — kichik Floyd Meyvezer Makgregor bilan jang qilish uchungina ringga qaytmoqchi emas.

U aralash janglar san'ati vakili, shu sport turida 2 vazn toifasida chempion bo‘lgan yakkakurashchi Konor Makgregorning o‘zi bilan jang qilish istagiga munosabatini bildirib o‘tdi.

"Men filman. Nega endi Makgregor kabi bir chumoli bilan jang qilishim kerak? Men umuman, uning janglariga e'tibor qarataganim ham yo‘q. Agar siz  Makgregorni o‘z sport turidagi Meyvezer deb bilsangiz, men bunga umuman tushunmayman. Siz uni men bilan tenglashtirib, menga hurmatsizlik qilayotgan bo‘lasiz.  Fil juda ulkan, u chumolini payqamay qoladi", – degan Meyvezer.

Bir necha kun oldin Konor Makgregor Eddi Alvaresni yengib, 2 vazn toifasida UFC kamariga egalik qila boshladi.

1 yildan buyon Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘rtasida boks jangi o‘tkazilishi bo‘yicha takliflar berib kelinmoqda.

Makgregor Alvares ustidan g‘alaba qozonganidan keyin faoliyatida tanaffus qilishini bildirgandi.

Ma'lumot uchun, 2015 yilda faoliyatini yakunlagan sobiq sportchi professional ringda 49 ta jang o‘tkazib, barchasida (26 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan. Shuningdek, kichik Floyd Meyvezer Atlanta–1996 Olimpiadasining bronza medali sohibi sanaladi.

Mavzuga oid