AQSh Davlat departamenti vakili jurnalist savoliga savol bilan javob berdi

Foto: Getty Images
AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi Rossiya harbiy kosmik kuchlari samolyotlarining Halab shahridagi bir nechta shifoxonalarga zarba bergani haqida bayonot berdi. Ammo, u ushbu ma'lumotlar qaysi manbadan olingani to‘g‘risida berilgan savolga javob bera olmagan. Videolavha YouTube saytining RT kanaliga joylashtirilgan.
RT telekanalining jurnalisti, Halabdagi 5ta shifoxonaga zarba berilgani to‘g‘risida axborotni Vashingtonga qaysi tashkilotlar taqdim etganiga oydinlik kiritishni so‘rab Kirbiga savol bergan. Davlat departamenti vakili esa, izohlar uchun Rossiya mudofaa vazirligiga murojaat qilish bo‘yicha maslahat bergan.
«Siz RT’da ishlaysizmi? Nima uchun siz shu savollarni o‘z hukumatingizga bermaysiz? Ulardan harbiy amaliyotlari haqida so‘rang. Ulardan sizlar zarba berayotgan shifoxonalar ro‘yxatini so‘rang»,— degan Kirbi.
Mavzuga oid

15:45
AQShda 130 yil muqaddam cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi

11:15
Rubio: Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Ukraina bo‘yicha muzokaralar mavzusi bo‘lishi mumkin

09:10
Shols AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi

22:24 / 12.03.2025