Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Homilador ayollar va nogironlarga bepul taksi xizmati ko‘rsatilmoqda

Foto: autotrans.uz
Urganch shahridagi «Xorazm Ravon trans» mas'uliyati cheklangan jamiyati xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda - korxonaning yengil taksi haydovchilari bayram kunlari shahar ichi yo‘nalishlari bo‘ylab homilador ayollar va nogironlarni bepul o‘z manziliga yetkazadi. Bu haqida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi ma'lum qildi.
Ushbu tashabbus Jamiyat rahbariyati va haydovchilarning o‘zlaridan chiqqan. Yil boshidan buyon har bir bayramda korxonaga qarashli yo‘nalishsiz taksi avtomobillari shahar hududida nogironlar va homilador ayollarga bepul xizmat ko‘rsatmoqda. Aholi bunday savobli ishni yo‘lga qo‘ygan avtotransportchilardan juda mamnun: haydovchilar ushbu «aksiya» yo‘lga qo‘yilganidan beri yo‘lovchilarning ularga nisbatan o‘zgacha hurmat bilan qaray boshlaganini, har qadamda maqtov va duolarga sazovor bo‘layotganlarini ta'kidlashmoqda.
Shunisi diqqatga sazovorki, xayrli ishga qo‘l urilganidan keyin korxonaning pullik mijozlari soni ortib, tushum ham va tabiiyki, haydovchilarning daromadlari ham ko‘paymoqda.
Ezgu ishlari orqasidan topilayotgan obro‘-e'tibor va barakadan ruhlangan «Xorazm Ravon trans» MChJ rahbariyati endilikda tug‘ruqxonadan «yangi mehmon» bilan chiqqan yosh onalarni uylariga bepul yetkazib qo‘yishni tashkil etish niyatida. «Har kim qurbi yetgancha savob ish qilganiga nima yetsin! Odamlarga yaxshilik qilsangiz, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zsangiz, o‘zingiz ham ruhiy halovatga erishasiz. Shunday ekan, boshlagan xayrli ishlarimizni aslo to‘xtatib qo‘ymaymiz», – deydi korxona rahbari Odilbek O‘rozov.
«Xorazm Ravon trans» ko‘p yillardan buyon shaharda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Hozirgi kunda korxona tasarrufida 26 ta yengil avtotransport vositalari mavjud.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi
Jamiyat | 10:02
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
-
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi
Jahon | 09:54
-
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi
O‘zbekiston | 09:22
Mavzuga oid

19:31 / 08.07.2025
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi

14:39 / 13.05.2025
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi

20:33 / 01.05.2025
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi

14:50 / 01.05.2025