Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholining saylov madaniyati va faolligi mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi
2016 yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida “Aholining yuksak saylov madaniyati va faolligi – demokratik saylovlarning muhim omili” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari, shuningdek, videokonferentsaloqa orqali okrug va uchastka saylov komissiyalari a'zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari va milliy madaniyat markazlari faollari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) U.Muhammadiyev, YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor va boshqalar O‘zbekistonda mustaqil saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirishda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlari boshqaruvida ishtirok etishi, o‘z xohish-irodasini erkin bildirishini ta'minlashning ta'sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratilgani, saylov qonunchiligi ilg‘or xorijiy tajribaga, xalqaro saylov standartlariga mos ravishda izchillik bilan takomillashtirilayotganini ta'kidladi.
Mamlakatimizda 21 million 435 ming saylovchi bo‘lib, ularning 10 million 825 mingdan ziyodi xotin-qizlar, 555 mingdan ortig‘i saylovda birinchi marta ovoz berayotgan yoshlardir.
Tadbirda fuqarolarning saylov huquqlarini ta'minlash, shu jumladan, nogironlar, qamoqda saqlash joylarida saqlanayotgan fuqarolarga saylov jarayonida ularning saylov huquqlarini ro‘yobga chiqarishda yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr almashildi.
Mazkur yo‘nalishda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar ham tizimli va rejali ishlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan fuqarolarning saylov huquqlarini ta'minlash, huquqiy va saylov madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Turli millat vakillari bo‘lgan fuqarolarga saylovoldi tashviqoti materiallari bilan tanishishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Saylov kampaniyasi jarayonlari haqidagi axborotlar mamlakatimizdagi OAVlarda 17 tilda chop etilmoqda.
Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Behzod Bozorov, O‘zA
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
-
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp
Jahon | 21:49
Mavzuga oid

13:01 / 25.07.2025
YeXHT davlatlari ukrainlarning RFda qiynoqqa solingani yuzasidan tergov o‘tkazishni talab qildi

09:54 / 23.07.2025
Yerevan Boku bilan YeXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish shartini muhokama qilmoqda

20:20 / 08.04.2025
“Yakkalangan davlat bo‘lmasligimiz kerak” – YeXHT Parlament assambleyasi prezidenti

01:46 / 13.02.2025