Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Insonlarning gadjyetlarga bo‘lgan muhabbatiga izoh berildi

Foto: fotokto.ru
Makgilla Universiteti psixologlari nima uchun ba'zi insonlar jonsiz buyumlarga shunchalik mehr qo‘yishlarining sababini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, ular shu tariqa yolg‘izlik hissidan xalos bo‘lishar ekan. Psychological Science jurnalida chop etilgan olimlarning xulosasi haqida Gizmodo nashri xabar berdi.
Tadqiqotchilar 178 nafar kishi ishtirokida tajriba o‘tkazishdi. Unda yolg‘izlik hissi, separatsion bezovtalik (yaqinlardan uzoqlashganda xavotirga tushish), muayyan bir ijtimoiy guruhga a'zo bo‘lishga ehtiyoj sezish va o‘z-o‘zini hurmat qilish kabi psixologik ko‘rsatkichlar baholandi. Shundan so‘ng guruhlarning biridagi ishtirokchilardan o‘zlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yaqin insonga xos bo‘lgan olti xislatni sanab o‘tish so‘raldi. Ikkinchi guruh ishtirokchilaridan esa oddiy bir tanishini ta'riflash so‘raldi.
Shundan so‘ng tadqiqot qatnashchilari to‘rt qurilma tavsifini o‘qib berishdi. Psixologlar ishtirokchilardan har bir gadjyetga ta'rif berishni so‘rashdi. Ma'lum bo‘lishicha, o‘zini yolg‘iz his qiluvchi kishilar gadjyetlarga ta'rif berish davomida ularga nisbatan ko‘pincha insoniy xislatlarni sanab o‘tishgan. Biroq jonsiz predmetlarni jonlantirishga moyillik ko‘proq separatsion bezovtalik bilan bog‘liq bo‘lgan.
Olimlar insonlarning shu yo‘l bilan munosabatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishini taxmin qilishmoqda. Shunday bo‘lsa-da, bu yangi insonlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishni ancha qiyinlashtiradi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi
Fan-texnika | 19:20
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
-
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini oshkor qildi
Jahon | 18:48
-
Hamas urushni yakunlaydigan bitim talab qilmoqda. Isroil esa g‘azoliklarni ko‘chirmoqchi
Jahon | 18:40
Mavzuga oid

10:37 / 12.06.2025
Dunyodagi mojarolar soni 1946 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

18:47 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

18:43 / 08.05.2025