Jahon | 09:01 / 29.10.2016
3068
1 daqiqa o‘qiladi

30 oktabrda YeI-Kanada sammiti bo‘lib o‘tadi

Foto: newsera.ru

30 oktabrda erkin savdo bo‘yicha kelishuv imzolanishi kutilayotgan YeI – Kanada sammiti bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Bu haqda YeI Kengashi raisi Donald Tusk ma'lum qilgan.

«Vazifa uddalandi. Hozirgina biz bosh vazir Jastin Tryudo bilan kelayotgan yakshanba sammit o‘tkazishga kelishib oldik», — degan Tusk. 

Avvalroq, YeI Kengashi Kanada bilan savdo kelishuvi (CETA)ni imzolashni ma'qullagani xabar qilingan edi. 

Ushbu bitim doirasida YeI mamlakatlari va Kanada o‘rtasidagi mavjud savdo tariflarining 99 foizi bekor qilinadi. 

 

Mavzuga oid