Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dayver qafas ichida akula bilan yakkama-yakka qoldi

Meksikaning Guadalupe oroli sohillari yaqinida katta oq akula ichida dayver bo‘lgan qafasni sindirib, uning ichiga yorib kirdi, deb yozmoqda The Telegraph. Ushbu voqeaning videosi YouTube’da Gabe and Garrett kanalida chop etildi.
Qafasda akulalar ortidan kuzatish uchun suv osti sho‘ng‘ishlarini uyushtiruvchi kompaniya akulani jalb qilish maqsadida qafasga baliq bog‘lab qo‘ygan bo‘lgan. Akula baliqqa hujum qilib, qafasni yorib, uning ichiga kirgan. Shundan keyin dayver qafas ichida akula bilan yakkama-yakka qolgan. Videoda akula qafasning chiviqlaridan shikastlanganini ko‘rish mumkin.
G‘avvos bunday sho‘ng‘ishlarni ko‘plab amalga oshirgani uning hayotini saqlab qolgan. U o‘zini qo‘lga olib, akulaning orqa tomoniga o‘tib olgan. Qayiqdagi odamlar qafasning eshigini ochib akulani tashqariga chiqarib yuborishgach, g‘avvosni arqon yordamida tortib olishgan.
"Akula o‘ljaga tashlanganda unga yopishib oladi va vaqtincha ko‘rmaydi va shu sabab orqaga suza olmaydi", deb aytildi videoga berilgan izohda. Video bir kunda 560 mingdan ko‘proq marta ko‘rilgan.

Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:43 / 10.06.2025
Meksikada 42 tonna metamfetamin musodara qilindi

23:16 / 05.06.2025
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi

23:19 / 21.05.2025