Denis Istomin “Tashkent Challenger – 2016” xalqaro turnirida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Foto: Tennis federatsiyasi
O‘zbekistonlik tajribali tennischi Denis Istomin “Tashkent Challenger – 2016” an'anaviy xalqaro turnirining yakkalik va juftlik bahslarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yakkaliklar o‘rtasidagi yarim final bahsida Denis Istomin slovakiyalik Lukash Latskoni 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi tennischimiz bosh sovrin uchun kechadigan bahsda rossiyalik Konstantin Kravchuk bilan raqobatlashadi.
D.Istomin juftlik bahslarida ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda. U rossiyalik Mixail Yelgin bilan hamkorlikda yarim finalda belaruslik Aleksandr Buriy va shvetsiyalik Andreas Silestryom juftligini 3:6, 6:4, 10:8 hisobida yengdi. Endi Denis va Mixail juftligi finalda germaniyalik Andre Begemann va hindistonlik Leander Payes bilan bahslashadi.
Mavzuga oid

23:10 / 20.02.2025
Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi

16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi

08:00 / 05.08.2024