JCh-2018 saralash bosqichi. Argentina Paragvayga mag‘lub bo‘ldi, Braziliya Venesuelani yengdi va boshqa natijalar

Foto: Twitter/FIFA World Cup
Bugun, 12 oktabr kuni Janubiy Amerikada 2018 yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ularda Argentina terma jamoasi o‘z uyida Paragvayga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Braziliya safarda Venesuela ustidan g‘alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylanib oldi. Chili o‘zi maydonida Peruni qabul qilib, kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Shuningdek, Boliviya Ekvador bilan, Kolumbiya esa Urugvay bilan durang qayd etdi.
Janubiy Amerika. JCh-2018 saralash bosqichi, 10-tur
Boliviya – Ekvador 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 3 Eskobar, 2:0 – 43 Eskobar, 2:1 – 47 Valensiya, 2:2 – 89 Valensiya.
Ogohlantirishlar: Mina (27), Ramalo (45), Kaysedo (63), Flores (68), Moreno (84), Valensiya(84), Arse (85), Ramires (90), Saavedra (90).
Chetlatish: Kaysedo (79).
Kolumbiya – Urugvay 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 15 Agilyar, 1:1 – 27 Rodriges, 1:2 – 73 Suares, 2:2 – 84 Mina.
Ogohlantirishlar: Kavani (21), Dias (26), Pereyra (54), Vesino (77), Muslera (80), Kuadrado(82).
Chili – Peru 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 10 Vidal, 1:1 – 76 Flores, 2:1 – 85 Vidal.
Ogohlantirishlar: Kastilo (30), Lobaton (33).
Argentina – Paragvay 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 18 Gonsales.
Ogohlantirishlar: da Silva (46), Aguero (48), Roxo (89).
Venesuela – Braziliya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 8 Gabriel Jyezus, 0:2 – 53 Villian.
Ogohlantirishlar: Velaskes (26), Anxel (39), Paulino (73), Errera (85).
Mavzuga oid

08:13 / 20.11.2021
Urugvay Oskar Tabaresni iste'foga chiqardi. U milliy jamoani 15 yildan beri boshqarib kelayotgandi

00:27 / 16.11.2019
O‘rtoqlik o‘yini. Messi Argentinaga Braziliya ustidan g‘alaba keltirdi

16:50 / 23.06.2018
O‘zbekistonlik futbol muxlislari Saptiva’da Rossiyaga yo‘l oldi

01:23 / 20.06.2018