Fan-texnika | 18:41 / 11.10.2016
4883
9 daqiqa o‘qiladi

HUAWEI o‘tgan oy va IKT haftaligiga yakun yasadi

Foto: HUAWEI

YaNGIChA QARASh. YaNGI TeXNOLOGIYaLAR. INNOVATsION LOYIHALAR.

O‘tgan oy mamlakatning axborot va kommunikatsiyalar sohasida voqealarga boy tarzda o‘tdi. Ulardan asosiylaridan biri axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ICTWEEK 2016 haftaligi bo‘ldi.  Huawei kompaniyasi mazkur maydonchaning ahamiyatini inobatga olgan holda, bu yil shunchaki ishtirok bilan cheklanib qolmaslikka qaror qilib, Haftalikning muhim tadbirlari homiysiga aylandi.. 

HAINA LOYIHASI – KADRLANNI TAYYoRLAShDA YaNGIChA YoNDOShUV
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ICTWEEK 2016 haftaligi 19 sentabrda ish boshladi. Uning ochilishi kuni Huawei kompaniyasi o‘zinining  HAINA yangi ilmiy-ta'lim loyihasi – Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari avtorlashgan akademiyasini ishga tushirganini e'lon qildi.  Akademiya Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ish olib boradi. U kelgusida O‘zbekistonning ITK va telekommunikatsiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bazasiga aylanadi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ishga tushirildi va shunisi bilan ahamiyatliki, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti qoshida axborot texnologiyalari sohasida kadrlarin sertifikatsiyalash Markazi yaratiladi. Akademiya IKT sanoati va ushbu yo‘nalishda ishlash va o‘sishni istagan umidli mutaxassis yoshlar o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi. Loyiha quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: a) mamlakatning eng yaxshi oli o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish;  b) IKT sohasidagi iqtidorlik mutaxassislarni hamkorlikda rivojlantirish; v) IKT sanoatini ilgari surish;  g) iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.
- Ushbu memorandumni imzolar ekanmiz, biz O‘zbekistonning 25 yilligiga Akademiyani tayyorlash va uni universitet boshqaruviga berishni maqsad qilgan edik. Biz va'damizning ustidan chiqqanimiz hamda IKT va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida interaktiv dasrlarni o‘tkazish uchun “aqlli” sinfxonani yaratganimizdan juda faxrdaman. Huawei axborot va tarmoq texnologiyalari avtorlashgan akademiyasi (HAINA) beg‘araz sheriklik dasturi bo‘lib, yosh mutaxassislar uchun Huawei sertifikatlangan kurslarini tashkil etishda universitetlar va kasb-hunar kollejlarini qo‘llab-quvvatlaydi - dedi Huawei ning O‘zbekistondagi bosh direktori Van Pen.

ICTSUMMIT 2016 – INNOVATsIYa G‘OYaLARI UChUN MAYDONChA 
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Huawei kompaniyasi ICTWEEK ishtirokchisi bo‘lish bilan birga, Haftalik doirasida bo‘lib o‘tgan  bir qator tadbirlarning homiysiga aylandi, tashkilotchilar bilan hamkorlik qildi. Ulardan biri  20 sentabrda xalqaro biznes markazida o‘tkazilgan ICTSUMMIT 2016 tadbiri bo‘ldi. Tadbir jamoatchilikni axborot kommunikatsiyalari bozoridagi yangliklar bilan tanishtirish, keng polosali texnologiyalar mavzusini rivojlantirish, xorijiy ekspertlarning IKT sanoatida tajriba  almashishiga qaratilgan.
– Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 16 yildan buyon ishlab kelar ekan, mamlakatdagi telekommunitsiya va axborot texnologiyalarining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bugungi kunda kompaniyamiz O‘zbekistonda nafaqat mobil operatorlari uchun samarali va sifatli baza stansiyalarini, balki internet sanoatining rivojlanishiga yordam berayotgan yangi avlod smartfonlarini  ham  taqdim etmoqda. Biz zamon bilan hamnafas holda odimlamoqdamiz, chunki bozorni rivojlantirmay turib top-kompaniya darajasigacha o‘sish mumkin emas. Shuning uchun ushbu tadbirning homiysi sifatida bozorning barcha ishtirokchilarini O‘zbekiston yuqori texnologiyali loyihalar mamlakatiga aylanishi uchun yangi g‘oyalar, investitsion loyihalar va innovatsion texnologiyalari bilan o‘z hissalarini qo‘shishga chaqiraman, - deya ushbu tadbirga izoh berdi O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining jamoatchilik va davlat idoralari bilan ishlash departamenti direktori Davron Azizov.  

ICT EXPO 2016 DA HUAWEI STeNDIGA ENG KO‘P ODAM TAShRIF BUYuRDI 
ICT EXPO -2016 ko‘rgazmasi Haftalikning eng muhim tadbirlaridan biridir. Unda ishtirok etishga Kompaniya har galgidek yorqin va kreativ tarzda yondoshdi. Stendning o‘ziga xos jihati kompaniyaning inqilob yaratgan flagmani - Huawei P9 smartfoni bo‘ldi. Unga “dunyoning yangi mo‘'jizasi” deb ta'rif berishdi. Huawei P9 bu quvvatli, o‘ta yupqa, sakkiz yadroli innovatsion smartfondir. Huawei P9 nafaqat hayratlanarli tashqi ko‘rinishga, balki kreativ foydalanuvchilar uchun a'lo xususiyatlarga ham ega. Kameraning yangi funksiyalariga past yoritish sharoitlarida tasvirga olish,  nur bilan chizma, sifatli selfi hamda 13MP va 8 MP sensorlar bilan birga masofadan turib tasvirga olish ham kirib, ular smartfonni ijod uchun noyob vositaga aylantiradi.  Shuningdek, Huawei kompaniyasi tashrif buyuruvchilarning e'tiboriga bir qator texnologik loyihalarni, P va Mate turkumidagi yuqori sifatli smartfonlarni ham havola qildi. Yangi loyihalar ham diqqat markazida bo‘lib,  ularning muhim sohalarda tadbiq etilishi axborot almashish sifatini va zahiralarni boshqarish samaradorligini yaxshilash imkoniyatini beradi.  Ushbu ilg‘or loyihalarning namoyishi hamda taniqli shaxslarning ishtirokidagi ko‘psonli va yorqin taqdimotlar evaziga Huawei stendi eng ko‘p tashrif buyurilgan stend, deb e'tirof etildi. Bu tashkilotchilar tomonidan tadbir yakunlari bo‘yicha ham ta'kidlandi.
- Kompaniyamiz O‘zbekiston bozori uchun har yili o‘zi ishlab chiqargan eng ilg‘or texnologiyalarni taqdim etib kelmoqda. Asosiy maqsad mamlakatimiz aholisiga  mahsulotlarimizning innovatsiyaviyligi va ochiqligini ko‘rsatishdir. Bu yil O‘zbekiston Milliy boks federatsiyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolanganidan xursandmiz. Endi chempionlarimiz o‘z g‘alabalari bilar birga Huawei brendini ham namoyish etishadi. Bundan tashqari, afsonaviy va eng mashhur FIFA referisi Ravshan Ermatov kompaniyaning rasmiy qiyofasi  aylandi. Bu biz uchun katta sharafdir, - deya ta'kidladi Huawei ning O‘zbekistondagi bosh direktori janob Van Pen. 

BULUT BARChAGA YeTADI. «HUAWEI» KOMPANIYaSI BULUTLI TeXNOLOGIYaLARNING INNOVATsIYa MARKAZINI IShGA TUShIRDI
23 sentabrda poyxatimizda «Huawei Tech Investment Tashkent» kompaniyasi mijozlar va hamkorlar uchun bulutli texnologiyalarning innovatsion Markazini ochdi. "Huawei CSIC - Client Solution Innovation & Integration Experience Center" deb nomlangan Markaz Markaziy Osiyoda o‘ziga xos yagonadir.
Uning maqsadi global hamkorlar bilan birgalikda biznesni olib borish uchun bulutli platformani yaratishdan iborat bo‘lib, unda Huawei lokal yaxlit tarmoqlarning yangi avlodini yaratish va xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z tajribasi bilan almashadi. IKT sohasi talablaridan kelib chiqqan holda, kompaniya IKT sohasidagi so‘nggi mahsulotlar va loyihalarni namoyish etadigan  «shou-rum»ni yaratdi. 
- Ta'kidlashni istardimki, bulutli texnologiyalar markazining ochilishi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ICT WEEK Uzbekistan 2016 Haftaligi yopilishiga bag‘ishlandi va kompaniyamiz tomonidan Haftalik doirasida tashkil etilgan yorqin voqealardan biri bo‘ldi. O‘zbekistonda 16 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib borayotgan va Xitoyning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Huawei O‘zbekistonda IKTning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda, - deya ta'kidladi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori o‘rinbosari janob Genri Ming.

Yuqori texnologiyali markaz 190 kvadrat metr maydonda joylashgan bo‘lib, “Aqlli uy", "Butunjaxon foylanish loyixasi Giga", "Raqamli operatsion transformatsiya", "Bulutli transformatsiya", "IKT sohasidagi korporativ loyihalar" va "Virtual reallik" kabi bir nechta ko‘rgazma stendlarini o‘z ichiga olgan.

Reklama huquqi asosida.

 

Mavzuga oid