Yamandagi dafn marosimiga koalitsiya samolyotlari hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 140 nafardan ortiq

Foto: Reuters
Yaman poytaxti Sano shahrida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi samolyotlari dafn marosimiga yig‘ilganlarni bombalashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 140 nafardan ortiqni tashkil qilgan. Bu haqda tibbiyot xodimlariga asoslangan holda Sputnik xabar bergan.
Bundan oldingi xabarlarda 82 kishi halok bo‘lgani va 582 kishi jarohatlangani aytilgandi.
Arab koalitsiyasi esa bu hujumni sodir etganini inkor qilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, shahar shifoxonasiga 142 jasad va 534 nafar jarohatlangan kishi keltirilgan.
Isyonchi husiychilar nazoratida bo‘lgan Yaman poytaxti 2015 yil yozidan buyon Saudiya Arabiston boshchiligidagi koalitsiya tomonidan hujumlarga uchrab keladi. Koalitsiya hukumatni yoqlagan holda Yamandagi fuqarolik urushiga qo‘shilgan.
Yamandagi qurolli mojaro 2014 yilda yuzaga kelgan. Ziddiyatning bir tomonida shialarning "Ansor Alloh" guruhi (mamlakatning sobiq prezidenti Abdulla Saloh tarafdorlari), ikkinchi tomonida hozirgi prezident Abd Rabbo Mansur Hodiyni yoqlovchi sunniylar turadi.
Mavzuga oid

15:40 / 12.02.2025
Tailandda 85 yoshli ayol o‘z dafn marosimida hushiga keldi

15:59 / 01.01.2025
AQSh va Britaniya Yaman poytaxti Sanoga 6 marta havo hujumi uyushtirdi

14:52 / 21.11.2021
«Sahro Manhetteni». Yamandagi o‘rta asr osmono‘par binolarida odamlar hali ham yashamoqda

15:55 / 03.08.2020