Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kamolot–Tur”: IX Respublika yoshlar velomarafoni start oldi

Jismonan sog‘lom, ma'nan barkamol avlod har qanday jamiyatning mustahkam poydevoridir. Shundanmi, sport bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan yoshlarning soni kun sayin oshib bormoqda. Quvonarlisi, nafaqat yoshlar, balki kattalar ham sportning turli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanib kelishayotgani bizni quvontiradi. Yoshlar tashkiloti tomonidan bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yoshlar velomarofoni ham bugungi kunda ularni sog‘lom turmush tarzi, toza ekologik transport tarafdori sari birlashtirayotgan muhim loyihalardan biri.
O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015-yil 10- dekabrdagi 65-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning 60-bandiga muvofiq, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, velosport turini ommalashtirishga qaratilgan “Kamolot–Tur” IX Respublika yoshlar velomarafonini tashkil etish belgilangan.
Bugun erta tongdan kuzning salqin, toza havosidan kuch-quvvat olgan yoshlar Toshkent shahri Glinka ko‘chasiga yig‘ilishdi. Chunki, Toshkent shahrida “Kamolot–Tur” IX Respublika yoshlar velomarafonining Respublika bosqichiga start beriladi. Ular «Paxtakor» Markaziy o‘yingohigacha bo‘lgan 14 kilometrlik masofani bosib o‘tishlari kerak.
Tadbir Harakat tomonidan 2008-yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadi. O‘sha yili atigi 500 nafar havaskor sportchilar ishtirok etgan. 2015-yilga kelib esa 27 ming ishtirokchi ekologik toza sport turiga ishtirok etgan.
Velomarafondan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga ommaviy ravishda jalb qilish, ular o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, havaskor o‘smir-yoshlar o‘rtasida velosport turiga qiziqishni orttirish hamda yoshlar o‘rtasida ekologik toza transportni targ‘ib etish va ommalashtirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil avgust oyining uchinchi o‘n kunligida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston ekologik harakati, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi hamda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida “Kamolot-Tur” IX yoshlar velomarafonining mahalliy bosqichlari tashkil etildi.
Respublika bo‘yicha jami 193 ta tuman (shahar)larda o‘tkazilgan velomarafonning mahalliy bosqichlarida 31,6 ming nafardan ortiq havaskor velosportchilar uchta yosh (9-14, 15-17, 18-30) toifalarida ishtirok etishdi.
Musobaqaning hududiy bosqichlari joriy yilning sentabr oyida o‘tkazilib, unda uchta yosh toifalari bo‘yicha 1 ming 737 nafar mahalliy bosqichda g‘olib bo‘lgan havaskor velosportchi yoshlar ishtirok etdi. Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 42 nafar yigit-qizlar velomarafonning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, musobaqaning hududiy bosqichlarida “Eng yosh ishtirokchi o‘g‘il bola”, “Eng yosh ishtirokchi qiz bola”, “Eng irodali ishtirokchi”, “Eng mahoratli texnik ishtirokchi”, “Faxriy ishtirokchi” nominatsiyalari g‘oliblari hamkorlar tomonidan taqdirlangan edi.
Bugun biz bir-biridan sog‘lom, ko‘rkam, baquvvat, ma'nan yetuk sportsevarlarga omad tilaymiz. Tilagimiz hamma baravar finishga yetib kelsin!!! Biz bilan qoling va hademay g‘oliblar bilan tanishasiz!
G. Ashurova,
Foto: J.Vafoyev
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

22:20 / 30.07.2025
Tashkent City Mall'da JW Marriott mehmonxonasi ochiladi

14:13 / 30.07.2025
Toshkentda o‘nlab ko‘p qavatli uylar qurilishi to‘xtatildi: ro‘yxat (yangilandi)

13:51 / 30.07.2025
Toshkentda AYoQSh sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargani aniqlandi

16:13 / 28.07.2025